Men Umarjonova Dilfuza, qizim “ASIA SCHOOL” xususiy maktabida tayyorlov guruhidan buyon o`qib kelmoqda. Farzandim ingliz tilida men kutgan darajadan a’lo muloqot qilmoqda. Sportning badiiy gimnastika yo`nalishi bo`yicha Zomin va Toshkent shaharlarida bo`lib o`tgan musobaqalarda qatnashib, faxrli 1-o`rinni egalladi.
Men maktab jamoasi, o`qituvchi va murabbiylari, oshxona xodimlaridan minnatdorman.
Men Nurmatov Baxtiyor, nabiram Baxtiyorov Shoxruz ushbu maktabning 2-sinfida o`qiydi. Ota-onasi kunbo`yi ishda bo`lgani uchun maktab xizmatlaridan foydalanish oilamiz uchun qulay. Nabiramni ushbu maktabga berganimizdan so`ng qisqa muddat ichida u men bilan rus tilida erkin gaplasha oladigan darajaga erishdi.
Men o`zim telefonda kuzatuv kamerasiga ulangan holda dars jarayonlarida, oshxonada kuzatish imkoniga egaman, bu oilamiz uchun ajoyib qulaylik deb hisoblaymiz.
Men Saidov Eldor, o`g`lim tayyorlov guruhlaridan buyon shu maktabda ta’lim olib kelmoqda. Avval boshida qiyin bo`lsa kerak deb o`ylagan edik, ammo hammasi a’lo darajada.
Maktabda o`quv fanlaridan tashqari to`garaklar ham mavjud, bu esa ishlovchi ota-onalar uchun nur ustiga a’lo nur. Chunki ko`pchilik ishda bo`lganligi uchun farzandini qo`shimcha to`garaklarga olib borishga vaqti yetmaydi.
Elshod shaxmatga kichikligidan qiziqar edi, u shu yil Shaxmat bo`yicha Jizzax viloyat miqyosida 3-o`rinni egalladi. Kelgusida yanada faxrli o`rinlarni kutib qolamiz.